QR ORQALI ISHLAB CHIQARISH NAZORATI

Qaysi qop qayerda ekanini bilasizmi?

Nozir bilan har bir qop, har bir etap, har bir brak — ekranda. Daftarsiz, qo'ng'iroqsiz, bahsiz.

1 kunishga tushirish
0 so'muskuna xarajati
100%telefonda ishlaydi
BUYURTMA #1042
Paypoq · 5 000 juft
Bichish25/25 qoptayyor
Tikish18/25 qopjarayonda
Dazmol9/25 qopjarayonda
Qadoqlash0/25 qopkutmoqda
3 940juft tayyor
1,5%brak
NOZIR14:32
QOP-1042-07
skanerlandi
EtapTikish
IshchiDilnoza R.
Ishni boshlash

Tanish holatlarmi?

Ko'p sexlarda hamma narsa daftarda yoki brigadirning kallasida turadi.

«Buyurtma qayerda?»

Mijoz qo'ng'iroq qiladi — aniq javob yo'q. Sexga borib, so'rab kelish kerak.

«Brak kimdan chiqdi?»

5 000 donadan 200 tasi brak. Qaysi etapda, kimning qo'lida — hech kim bilmaydi, hech kim javobgar emas.

«Oylikni kim hisoblaydi?»

Oy oxirida daftar ko'tarib o'tirish, keyin ishchi bilan «men ko'proq qilgandim» deb bahslashish.

«Brigadir ketsa — nima bo'ladi?»

Ma'lumot bir odamning kallasida. U kasal bo'lsa yoki ishdan ketsa — hammasi u bilan ketadi.

Qanday ishlaydi — 3 qadam

QADAM 1
QOP-1042-01
200 juft · Paypoq oq 41-45

Stiker chop etiladi

Buyurtmani kiritasiz — tizim uni qoplarga bo'lib, har qopga QR stiker chiqaradi.

QADAM 2
SkanerlandiQOP-1042-07
Tayyor: 197
Brak: 3

Ishchi skanerlaydi

Boshlaganda bir marta, tugatganda yana bir marta. Nechta tayyor, nechta brak — yozadi. Boshqa hech narsa tanlamaydi.

QADAM 3
Tikish · Dilnoza R.197/200
Dazmol · Akmal T.180/200
Brak — Tikish etapida3

Siz ko'rasiz

Kompyuterdan yoki telefondan: qaysi qop qaysi etapda, kim ishlayapti, brak qayerda chiqdi, kimga qancha oylik tegadi.

Nima beradi

01

Ishchi hech narsa tanlamaydi

Faqat skanerlaydi. Boshlashmi, tugatishmi — tizim o'zi hal qiladi. Xato qilishning iloji yo'q.

02

Brak qayerda yo'qolgani ko'rinadi

200 dona kirdi, 197 chiqdi — o'sha 3 tasi qaysi etapda, kimning smenasida chiqqani aniq.

03

Oylik o'zi hisoblanadi

Har etapga narx, har ishchiga daraja. Avans, mukofot, jarima — hammasi hisobda. Excel'ga chiqadi.

04

Oddiy telefonda ishlaydi

Arzon Android yetadi. Qimmat skaner yoki maxsus uskuna kerak emas.

05

Internet uzilsa ham to'xtamaydi

Ishchi ishini davom ettiradi, aloqa tiklanganda ma'lumot o'zi yuboriladi.

06

Har o'zgarish yozib boriladi

Kim, qachon, qaysi sonni o'zgartirgani ko'rinadi. Hech narsa izsiz yo'qolmaydi.

Tizim ichi qanday ko'rinadi

Sex uskunasi, sayt emas: raqamlar katta, ortiqcha bezak yo'q.

BOSHQARUV PANELI
12faol buyurtma
86qop jarayonda
23ishchi smenada
Bichish
92%
Tikish
71%
Dazmol
44%
Qadoqlash
18%
BRAK HISOBOTI
Etap
Kirdi
Chiqdi
Brak
Bichish
5 000
4 985
15
Tikish
4 985
4 932
53
Dazmol
4 932
4 925
7
Eng ko'p brak: Tikish · Smena B · 1,1%
OYLIK HISOBIExcel ↓
Dilnoza R. · tajribali4 120 000
Akmal T. · tajribali3 870 000
Sardor M. · yangi2 450 000
Avans (12-avgust)−1 000 000
Mukofot — brak 1% dan past+300 000
TELEFONDAGI SKANER
Skanerlash
Ishchi uchun bitta tugma

Oddiy Android yetadi. Internet uzilsa ham ishlaydi — aloqa tiklanganda ma'lumot o'zi yuboriladi.

Oylik obuna. Uskuna sotib olmaysiz.

Narx sexingiz hajmiga qarab kelishiladi. Bir kunda ishga tushadi: etaplaringiz nomini yozasiz, ishchilarni qo'shasiz, stikerlarni chop etasiz — tamom.

Narxni bilish

Savol-javob

Internet doim kerakmi?

Yo'q. Ishchi ilovasi internetsiz ham ishlaydi — skanlagan ma'lumotlari telefonda saqlanadi va aloqa tiklanganda o'zi yuboriladi.

Ishchilar o'rgana oladimi?

Ha. Ishchi uchun bitta amal bor: skanerlash. Menyu yo'q, tanlov yo'q. Odatda yarim kunda hamma o'rganib oladi.

Qancha vaqtda ishga tushadi?

Bir kunda. Etaplaringiz nomini yozasiz, ishchilarni qo'shasiz, birinchi buyurtmaning stikerlarini chop etasiz — ishlayapti.

Ma'lumotlarim xavfsizmi?

Ha. Ma'lumotlar faqat sizning hisobingizda, har o'zgarish yozib boriladi. Istalgan payt Excel'ga yuklab olishingiz mumkin.

Telefon qanaqa bo'lishi kerak?

Kamerali oddiy Android yetadi. Yangi yoki qimmat telefon shart emas — QR o'qish uchun kamera bo'lsa bo'ldi.

Ertaga sexingizda nima bo'layotganini bilib turing

15 daqiqalik demo — o'z buyurtmangiz misolida ko'rsatamiz.